Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (Yerdan tashkaridagi sivilizatsiyalar).

Hoz. zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo boʻlgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, Yer moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Yerning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Ye. ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Yer ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Yer ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.

Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.

Yer sayyorasining umumiy strukturasi
Earth-crust-cutaway-ru.svg

Chuqurlik, kmQavatiZichligi, g/sm3


So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот марази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech