Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
184
Hurmatli sayt tashrifchilari!

Biz Sizlarning barcha takliflaringizni va mulohazalaringizni bajonidil ko'rib chiqishga, Sizni qiziqtirgan savollarga mamnuniyat ila javob berishga doim tayyormiz. Ammo Siz o'z murojaatlaringizda albatta ism-sharifingizni ko'rsatib o'tishingizni so'raymiz. Imzolanmagan xabarlarga biz javob qaytarmasligimizni Sizga ma'lum qilamiz.

Ma'muriyat




Umumiy savollar 11

  • Qanday faoliyat turlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi beriladi?


    Tarkibida noma’dan foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar ularni geologik jihatdan o‘rganish, tajriba-sanoat yo‘sinida ishlatish va foydali qazilmalarni qazib olish, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanish, masalan, lyossimon jinslar zaxiralarini g‘isht ishlab chiqarish xomashyosi sifatida mufassal baholash va chamalash uchun, tarkibida temir mavjud bo‘lgan jinslarni, ularni sement ishlab chiqarishda qo‘shimcha sifatda foydalanishda yaroqliligini aniqlash uchun tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish hamda ularni qazib olishning oqilona sxemasin ishlab chiqish, tarkibidagi foydali qazilmalarni ajratib olish maqsadida qum, shag‘al, boyitish qoldiqlarini ishlab chiqarish uchun qum-shag‘al aralashmalarini qazib olish uchun.
  • Ochiq savdolarda kimlar qatnashishi mumkin?


    Ochiq savdolarda qatnashishi uchun Davgeolqo‘mga belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilgan, arizalarni ko‘rib chiqish uchun belgilangan to‘lovlarni to‘lagan va malakaviy tanlovdan o‘tganlar yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaga da’vogar bo‘lishlari mumkin.

    Ochiq savdolarga kiritilgan da’vogarlar Davgeolqo‘mga yer qa’ri uchastkalarini geologik o‘rganishda va foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olishda muhrlangan konvertda yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda foydali qazilmalarni va texnogen mineral hosilalarni qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalarini taqdim qilishda texnik-iqtisodiy asoslarni taqdim qiladilar.
  • Ochiq savdolarda qatnashishi uchun talabgorning malakaviy talablarga muvofiqliligini kim belgilaydi va bu talablar qanday?


    Talabgorning malakaviy talablarga muvofiqligini Vazirlar Mahkamasining tarkibida noma’dan foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish oid komissiyasi belgilaydi. Malakaviy talablar zaruriy texnik vositalar va moliyaviy mablag‘larning mavjudligidan, shuningdek tegishli mutaxassislarning mavjudligi yoki ko‘zlangan faoliyatni amalga oshirish uchun pudratchi sifatida jalb qilinadigan mutaxassislarning mavjudligidan iborat.
  • Moliyaviy takliflarning miqdorlari qancha?


    Geologik jihatdan o‘rganishda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqga litsenziya olish uchun moliyaviy taklifning minimal miqdori ish haqining minimal miqdorining 100 tasi hajmidagi bir marttalik bonus stavkasini tashkil qiladi. Tajriba-sanoat yo‘sinida qazib olish va foydali qazilmalarni qazib olish uchun esa tijorat topilma bonusi stavkasi to‘lanadi, u har yili hukumat boshlig‘ining tegishli qarori bilan belgilanadi va soliq solinadigan bazaning 0,1 foizini tashkil etadi.
  • Qanday holatlarda ochiq savdolar qatnashish uchun arizalar qabul qilinishi rad etiladi?


    Arizalar nizomda belgilangan talablar buzilgan, noto‘g‘ri yoki xato ma’lumotlar berilgan, malakali mutaxassislar va zarur miqdordagi moliyaviy mablag‘lar va ishlarni samarali hamda xavfsiz olib borish uchun texnik vositalar mavjud bo‘lmagan hollarda, shuningdek ochiq savdolarni o‘tkazishga oid belgilangan talablarga da’vogar muvofiq kelmagan hollarda.
  • Ochiq savdolar kimlar g‘olib deb topilishi mumkin?


    Moliyaviy taklifi summasi savdoda qatnashgan ishtirokchilar taklif qilgan eng yuqori summaning 90 foizidan ortig‘ini tashkil qilgan va qo‘shimcha mezonlarga mos bo‘lgan ishtirokchi ochiq savdolarda g‘olib deb topiladi
  • Очиқ савдолар кимлар ғолиб деб топилиши мумкин?


    Молиявий таклифи суммаси савдода қатнашган иштирокчилар таклиф қилган энг юқори сумманинг 90 фоизидан ортиғини ташкил қилган ва қўшимча мезонларга мос бўлган иштирокчи очиқ савдоларда ғолиб деб топилади.
  • 2014 yilda litsenziyalarni topshirish marosimida qanday o`zgarishlar bo`lib o`tdi?


    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.07.2014 yildagi 2213-sonli PQ “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ba`zi qarorlariga ilovalar va o`zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori asosida “Tarkibida noruda foydali qazilmalar bo`lgan yer osti boylikalari uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni topshirish tartibi haqidagi nizom” ga quyidagi o`zgarishlar kiritildi.

    - endi litsenziya ichiga kirgan va ochiq savdo qatnashchilariga sohaga oid talablari yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarining loyihalari, ushbu yilning 1-fevraligacha bo`lgan muddatda yer osti boyliklari Ro`yxati bilan bir vaqtda qayta ishlanadi va tasdiqlanadi.

    - Tarkibida noruda foydali qazilmalar bo`lgan yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyani topshirish 2ta asosiy davomiy bosqichlarning birlashishi (sohaga oid tanlov va texnik hujjatlashtirishning ekspertizasi) hisobiga 70 kungacha qisqartirildi (avval 151 kun edi)

    - endi arizachi natijalar bo`yicha qaror qabul qilinadigan muhim hujjatlarni bir marta tanishtiradi.
  • Arizachilarning hujjatlarini kim ko`rib chiqadi?


    Arizachilarning kvalifikatsion talablariga (kadrlar, texnik vositalar, moliyaviy imkoniyatlar) to`g`ri kelishi haqidagi hujjatlarini, texnik hujjatlashtirish (TIA, YTIH) bilan birga ko`rib chiqish bilan (Davgeolqo`m, Iqtisod Vazirligi, Moliya Vazirligi, Davtabiatqo`m, “Sanoatgeokontexnazorat” DI) vakil organlarining yuqori kvalifikatsiylangan mutaxassislaridan tarkib topgan Komissiyaning Ishchi guruhi shug`ullanadi.
  • Hozirgi kunda yer osti boyliklaridan foydalanish uchun litsenziyalarni topshirishning 2 xil tartibi ta`sir qiladi, ular orasidagi farq nimada?


    Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziya topshirish tartibi Nizomlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yilning 7 iyulida PQ-649-sonli va 02.05.2011yildagi 1524-sonli PQ tasdiqlangan qarorlari orqali yo`lga solinmoqda

    Oltin, uran, neft va gaz kabi strategik homashyolarni qazib olish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-649-sonli Qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan topshiriladi.

    Noruda foydali qazilmalarni (g`isht homashyosi, qum, shag`al, marmar va hokazo) qazib olish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar tarkibida noruda foydali qazilmalar bo`lgan yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar tartibi haqidagi Nizomiga va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1524-sonli Qaroriga muvofiq topshiriladi.
  • Yer qa`ridan foydalanuvchilar obyektlari ro`yxati tuzilishini va ochiq savdo o`tkazilishi uchun materiallarni tayyorlashni kim ijro qiladi?


    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.05.2011yildagi PQ-1524-sonli Qaroriga muvofiq tarkibida noruda foydali qazilmalar bo`lgan yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarni topshirish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. O`zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar Qo`mitasi (Davgeolqo`m) Komissiyaning Ishchi organi deb aniqlandi. Ishchi organlarning vazifasi ochiq savdolarni o`tkazish uchun materiallar tayyorlash hisoblanadi.

    Kengtarqalgan noruda foydali qazilmaga ega bo`lgan yer qa`ri uchastkalar ro`yxati joriy yilda ochiq savdo asosida uchastkalardan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar Davgeolqo`m tomonidan shakllanadi va 1-fevraldan kech qolmagan holda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shundan keyin ushbu ro`yxat Davgeolqo`mning rasmiy saytidagi “Tadbirkorlarga” bo`limida chop etiladi.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот маркази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech