Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 Oct 2017 76

Shu yili 25 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qo'mitasining Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida "O'zbekiston Respublikasi yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari va imkoniyatlari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanini O'zbekiston Respublikasi Davgeolqo'm raisi o'rinbosari Mavlonov Aslan Akramovich ochdi. Anjuman davomida uchta hisobot taqdim etildi: Tal'athodjayev Doniyor Shuhratovich (yer osti boyliklaridan foydalanish litsenziyalash boshqarmasi boshlig'i) - O'zbekiston Respublikasida foydali qazilmalarni ishlatish shartlari va imkoniyatlari; Abdullaev Botir Dadajonovich - ("GIDROINGEO"davlat korxonasi direktori-) - "Yer osti suvlari to'g'risida umumiy ma'lumot";Adilov Jasur Magrufovich (Metall minerallar geologiyasi bo'limi boshlig'i)- Daryolardagi toshqinlar va qumlarning holati haqida umumiy ma'lumot.Taklif etilgan matbuot vakillaridan berilgan savollarga to'liq javoblar berildi.O'zbekiston teleradiokompaniyalarining va gazetalarining jami 19 nafar vakili, shuningdek, O'zbekiston Geologiya qo'mitasi, "Geologiya axborot markazi" davlat korxonasi, "Mineral resurslar instituti" DK, "GIDROINGOEO" DK tomonidan taklif etilgan 35 nafar ekspert ishtirok etdi.



So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот марази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech