Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Nov 2017 57

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi Bobur Islomov Seulda qator muzokaralarni o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, Davlat geologiya qo‘mitasi va koreys hamkorlar o‘rtasida to‘rtta oltin ob’ektini geologik o‘rganish va o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Boshlang‘ich bosqichda yangi foydali qazilma konlarini topish bo‘yicha istiqbolli maydonchalarni geologik o‘rganishga 10 mln dollarlik koreys sarmoyasini yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Shindong Resources kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida «Sautbay» volfram konini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish davom ettiriladi. 2018−2019 yillarda xom ashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan, loyiha qiymati 3 mln dollarni tashkil etadi.

Hanjin D&B kompaniyasi bilan geologik va neft-gaz sohalari korxonalarini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston hududida 15 donagacha zamonaviy burg‘ulash uskunalarini ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Alohida ehtiyot qismlar va detallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 50 foizgacha yetkaziladi.

Bundan tashqari, Kvanjudagi Chonnam Milliy universiteti bilan ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Yaqin vaqtlarda O‘zbekistonda qisqa va o‘rta muddatli o‘quv kurslarini o‘tkazish uchun koreys tomonining o‘qituvchi kadrlarini jalb qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston oltin, uran, mis, kaliy tuzi, fosfatlar va kaolin kabi dolzarb foydali qazilma turlari zaxiralari bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘n davlati qatoridan o‘rin olgan. Mamlakat hududida 1931 ta kon ochilgan bo‘lib, ularning 814 tasi turli qurilish materiallari, 624 tasi - chuchuk va sho‘r yer osti suvlari, 235 tasi - uglevodorodlar, 152 tasi - metallar, 37 tasi - kon-ruda, 32 tasi - kon-kimyo, 30 tasi - rangli toshlar xom ashyolari hamda 7 tasi - ko‘mir va yonuvchi slanets koni hisoblanadi.

Mamlakat hududining faqatgina 20 foizi o‘rganilgan. Hukumat sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish bo‘yicha choralarni amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda investitsion takliflar portfeli geologik o‘rganish uchun 111 ta, strategik muhim qattiq foydali qazilmalarni (oltin, mis, uran, noyob metallar va hokazolar) qazib olish uchun 29 ta kondan iborat istiqbolli maydonchalardan tarkib topgan. Geologiya qo‘mitasi mazkur ro‘yxatni kengaytirish bo‘yicha takliflarni tayyorlamoqda.



So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот марази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech