Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Mar 2018 874

2018-yil 1-martda “O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi, Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining yer qa’ridan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda.

Qo‘mita huzurida Tog‘-geologiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari tashkil etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi bekor qilinib, o‘rniga qo‘mita huzurida Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil qilinmoqda.

2018-yil 1-apreldan boshlab yer osti suvlaridan maxsus foydalanish va yer osti suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma qo‘mitaning hududiy gidrogeologik stansiyalari tomonidan “yagona darcha” tamoyili asosida beriladi.

2018-yil 1-avgustdan yer qa’ridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda, keng tarqalgan foydali qazilmalarga tegishli qismi esa — “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha beriladigan bo‘ldi.

2018-yil 1-apreldan boshlab qo‘mita xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat ishlaganlik) uchun qo‘shimchalar va qo‘mitaning tegishli hududlarda joylashgan tashkilotlari xodimlarining ish haqiga qo‘shimcha koeffitsiyentlar to‘lanadi.

Bayramona tusga kirgan maskanda Samarqand viloyati hokimi Turob Jo'raev mehmonlarni unutilmas tashrif bilan qutlab, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida olib borayotgan sa'y-harakatlari yuksak samaralar berayotganini ta'kidladi.



So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот маркази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech