Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Feb 2017 313

Zahiriddin Muhammad Bobur - ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, temuriy shaxzoda, u hukmronlik huquqini isbotlashi shart emas edi. U zodagon oiladan bo’lib, otasi tomonidan Temuriylarning o’ninchi avlodi va ona tomonidan Chingizxon avlodidan edi. Bobur ismi O’zbekiston tarixida Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi ulug’ siyosat arboblari qatorida turadi. Temuriy shaxzoda, Hindistonda Boburiylar imperiyasi asoschisi (g’arbiy manbalarda “buyuk mo’g’ul imperiyasi”), umrinig so’nggi kunigacha vatani tinchligi uchun kurashgan o’z vataninig sadoqatli o’g’lonidir.

Bobur 1483 yilda Temuriy shaxzoda Farg’ona viloyati hokimi Umarshayx oilasida dunyoga keldi. 12 yoshligida otasining fojeali vafotidan so’ng yangi hokim etib saylanadi va Movoraunnahr hokimiyati yo’lida qattiq jangga kirishadi. 1494-1496 yillarda hali o’smirlik davrida Samarqand uchun birinchi bor o’zining eng havfli dushmani, Bobur hayotida tub burilish yasagan Shayboniyxon bilan jangga kiradi. O’z hayotining katta qismini Bobur xarbiy yurish va janglarda o’tkazadi. U Movoraunnahrdagi tarqoq viloyatlarni birlashtirish va yangi buyuk temuriylar davlatini barpo etishga harakat qiladi. Uning orzulari 1526 yilda Hindistonga xarbiy yurish bilan yo’l olganda amalga oshadi. Bobur Hindistonda buyuk mo’g’ul imperiyasini barpo etishga muvaffaq bo’ldi, ushbu imperiya 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan. Uning g’oyalari omma o’rtasida rozilik o’rnatish, aholi qatlamlarini ma’rifatli qilishga qaratilgandi. Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda o’zining adabiy-badiiy faoliyatini ham davom ettiradi. Boburning butun jahon ommasiga mashxur bo’lgan asari “ Boburnoma”dir. “ Boburnoma” Boburning shaxsiy kundaligidir, unda Bobur hayoti davomida boshidan o’tkazgan kechinmalarini o’z qo’li bilan yozgan. “Boburnoma” – bu faqatgina muallifning shaxsiy hayoti haqidagi bitik emas, balki, Bobur guvoh bo’lgan tarix, ma’daniyat, millatning turmushi, flora va fauna olamini o’rganishda qimmatli topilma hisoblanadi.

Bobur o’z zamoning buyuk insoni bo’lgan. Sharq mamlakatida buyuk imperiyaga asos solib, o’zi tug’ilib o’sgan Andijon shahri bilan umrining so’nggi kunigacha diplomatik va do’stona aloqalar bog’lashga harakat qilgan. Bugun andijonliklar Zahiriddin Muhammad Bobur nomini faxr bilan tilga oladilar va xotirlaydilar. Andijon shahrida Bobur siymosiga yodgorlik haykali o’rnatilgan, shuningdek, Bobur yashagan uy bizning davrgacha saqlanib qolgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur davlat arbobi, siyosatchi, shoir 1530 yil 26 dekabrda Agra shahrida (Hindiston) dizenteriyadan vafot etgan.



So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот марази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech