Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Feb 2017 271

Bugun buyuk mutafakkir, o’zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Shu yil buyuk mutafakkir va shoir tavalludiga 576 yil to’ldi. Navoiy ijodi va izlanishlari hayratlanarli darajada salmoqli va ko’pqirralidir. U – shoir, mutafakkir, tarixchi va tilshunos, tabiatshunos hamda adabiyot nazariyotchisi, musiqa, davlat va huquq, siyosat arbobi sanaladi. O’zining ijodida u borliqni har taraflama va chuqur qilib aks ettirishga erishgan. Alisher Navoiyning asarlarida millat taqdiri, birligi, el-yurt qayg’usi, yurtni obodonlashtirish, ilm, san’at, adabiyotni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat g’oyalari bilan yo’g’rilgan. Buyuk bobomiz o’z asarlarida ilm o’rganishga intilishni inson komolotini ta’minlash uchun hizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deya ta’kidlagan. Ilmli insonni, xalqni nodonlikdan qutqaruvchi omil sifatida tariflagan. Asarlarida ilgari surilgan g’oya va mazmun yordamida insonlarni yuksak ma’naviyatli va yetuk shaxs bo’lishga undagan. Alisher Navoiy asarlari nafaqat o’zbek halqining, balki butun odamzodning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Har bir adabiyotshunos olim Navoiyni adabiyot olamida noyob badiiy va estetik voqea ekanligini tan oladi.

Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda sanatkorlar , shu jumladan shoirlar muloqot markazi bo’lgan G’iyosiddin Kichkina xonadonida dunyoga keldi. Alisher Navoiy 15 yoshida ikki tilda (turkiy va forsiy) ijod qiluvchi shoir sifatida mashxur bo’lgan. U Hirot, Mashxad va Samarqandda ta’lim olgan. 1469 yilda madrasada birga ta’lim olgan do'sti Huroson shaxanshoxi Husayn Bayqaro Alisher Navoiyni muhrdorlik mansabiga tayinlaydi. 1472 yilning fevral oyida podshoh uni o’z saroyining bosh vaziri qilib tayinlaydi va unga “Amiri kabir” unvonini beradi. Alisher Navoiy yangi lavozimida avvalo butun kuchini mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o’rnatishga qaratadi. Shaharlarda savdo-sotiqni, hunarmandchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Alisher Navoiyning insonparvarlik faoliyati, ilg’or qarashlari, uning obro’- e’tibori halq orasida tobora ortib borishi o’z manfaatlarini ko’zlagan saroy a’yonlari orasida norozilik tug’diradi. Ular shoir bilan podshox orasiga nifoq solishga urindilar. Natijada 1487 yilda Husayn Bayqaro Alisher Navoiyni o’z vazifasidan ozod etadi. 1488 yilda Alisher Navoiy Hirotga qaytadi va ko’proq ijodiy va ilmiy ishlar bilan shug’ullanishga harakat qiladi. Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda Hirot shaxrida olamdan o’tgan.



So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот марази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech