Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
31 May 2017 81

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg'ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishni uyg'otadilar. Ko'zlarida ezgulik va mexr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg'och misoli.

Kelajak tarix bilan bunyod etiladi deyilganidek, ushbu kuning ham o'z tarixi bor. Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlashi taklifi 1925-yil Jenevada ilgari surilgan va 1950-yildan esa1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog'ida ham o'z ifodasini topgan. Unda yer shari barchamizning umumiy uyimiz xisoblansa, atrofidagi bolalar esa baxt-saodat uchun birlashganidan dalolat beradi. Mana, 65-yildan buyon yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko'rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o'tkaziladi. Istrohat bog'lari esa bolalarning tabassumlari bilan go'yoki mo'jizalar dunyosiga aylanadi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Sababi O'zbekiston - bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston qo'shilgan ilk xalqaro shartnomalar qatorida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan so'ng aynan Bola huquqlari to'g'risida konvensiya turishi ham buning yaqqol isbotidir.

Kulsang, dunyo kular—ko‘ngillar to‘lar,

Munchoq ko‘zlaringga payvasta bu jon!

Kulgu toshib tursin kulgichlaringdan,

Sen baxtu iqbolim, aziz bolajon!



So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот марази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech