Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi
yig’ilishining
46-sonli bayonnomasiga
4-ilova

Jizzax viloyati G’allaorol tumanida joylashgan Zargar yertomirli kvars konining Kvarseviy uchastkasi misolida texnik kremniy xomashyosi sifatida qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarining namunaviy loyihasi

Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga oid mazkur shartlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 2 maydagi “Tarkibida noma’dan foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi №PP-1524-sonli Qaroriga va O‘zbekiston Respublikasining yer qa’ridan foydalanishga oid faoliyatni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

Zargar yertomirli kvars konining Kvarseviy uchastkasi Jizzax viloyati G’allaorol tumanida joylashgan. Ushbu uchastkada yertomirli kvarsning belgilangan tartibda tasdiqlangan zaxiralari 131,7ming t.ni tashkil etadi.

“Uz-Shindong Silikon” MCHJ QKga Zargar konining Kvarseviy uchastkasida texnik kremniy xomashyosi sifatida yertomirli kvars qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqiga oid litsenziya berilmoqda (bundan keyin -litsenziya).

Litsenziyaga muvofiq“Uz-Shindong Silikon” MCHJ QKga litsenziyaning ajralmas qismi hisoblanuvchi yer qa’ridan foydalanish shartlari belgilanadi.

I. “Uz-Shindong Silikon” MCHJ QK majburiyatlari

1. “Uz-Shindong Silikon” MCHJ QK Zargar konining Kvarseviy uchastkasida yertomirli kvars qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish huquqiga oid litsenziya davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab:

o‘n kun muddatda ushbu yer qa’ri uchastkasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining davlat geologiya fondiga (bundan keyin - Davgeolfond) zarur materiallarni (litsenzi nushasi, yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari, joylardagi hukumat organlarining yer uchastkasini ajratish to‘g’risidagi qarorini, ro‘yxatga olinayotgan ish uchastkasi chegaralari tushirilgan kartogramma yoki umumiy xarita) keltirgan holda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g’risida ariza taqdim etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi tomonidan belgilangan tartibda davlat budjetiga oid litsenziyaga muvofiq yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun tijorat bonusi to‘laydi;

uch oylik muddatda Zargar konining Kvarseviy uchastkasini qazib olishga oid Ishchi loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi;

Ishchi loyiha asosida uch oylik muddatda Kon ajratmasi loyihasini ishlab chiqadi hamda ko‘rib chiqish va kelishish uchun “Sanoatgeokontexnazorat” DIga taqdim etadi;

kon ajratmasini olinganidan so‘ng bir oy muddatda kon ajratmasining burchak nuqtalarini joyida reperlar bilan mustahkamlaydi va ularni plan-balandlik bo‘yicha bog’lab belgilaydi;

OVOSning yakuniy bosqichini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasiga - O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g’risida”gi qonuniga muvofiq holda ekologik oqibatlar to‘g’risidagi Arizani taqdim etadi.

2. “Uz-Shindong Silikon” MCHJ QK konni ishlatish jarayonida:

O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g’risida” Qonunini, O‘zbekiston Respublikasining tabiat muhofazasi, suv va suvdan foydalanish to‘g’risidagi qonunlari, yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, foydalanish va muhofazalash sohasidagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan talablariga rioya qiladi;

har yil 25 dekabrga qadar “Sanoatgeokontexnazorat” DI bilan kelishgan holda keyingi yilga mo‘ljallangan konchilik ishlarini rivojlantirish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

karyerda belgilangan tartibda geologik-marksheyderlik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi;

har yili 5 fevralga qadar belgilangan tartibda Davgeolfondga Zargar konining Kvarseviy uchastkasi bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarining holati va harakati to‘g’risida axborot (5 GR shakli bo‘yicha hisobot) taqdim etadi;

“Sanoatgeokontexnazorat” DI bilan kelishilganidan so‘nggina, qazib olingan va qazib olish jarayonida yo‘qotilgan foydali qazilmalarni foydalanuvchining balansidan hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;

soliqlar va maxsus to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi bilan belgilangan tartibda to‘laydi;

neft mahsulotlarini himoyalanmagan gruntga tushishini oldi olinishini ta’minlagan holda, texnikaga yoqilg’i quyish joylarini tashkil qiladi;

uchastka perimetri bo‘ylab bahorgi qor suvlari va jala suvlarini to‘plash uchun suv kanallarini hamda relyefdagi pastliklarga chiqarish yo‘llarini barpo qiladi;

uchastkaning qazib olingan qismini parallel tarzda rekultivatsiyalash yo‘li bilan tuproq eroziyasining gruntga ta’sirini kamaytiradi va uning oldini oladi;

ishlar yakuniga yetgach, erroziya va deflyatsion jarayonlarni rivojlanishini bartaraf etish uchun buzilgan yerlarni o‘z vaqtida texnik va biologik rekultivatsiyalash ishlarini bajaradi;

relyefga, gruntga va tuproq-o‘simlik qoplamiga ta’sir ko‘rsatishini bartaraf etish uchun transportni yo‘llardan tashqarida harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi;

karyerning yillik unumdorligini 15,8 ming t. bo‘lishini ta’minlaydi (zaxiralar bilan ta’minlanganlik- 8,3 yil).

3. “Uz-Shindong Silikon” MCHJ QK ning ijtimoiy majburiyatlari:

Qazish ishlari olib boriladigan yashovchi aholi uchun 36ta ish o‘rni tashkil qiladi;

Zargar koni Kvarseviy uchastkasida qazib chiqarish bilan bog’liq bo‘lgan ishlarni bajarishga jalb qilish maqsadida aholini kasbiy tayyorlashni tashkil etadi;

Zargar koni Kvarseviy uchastkasiga oid infratuzilma tashkil qiladi.

II. Zargar koni Kvarseviy uchastkasidan foydalanish bilan bog’liq bo‘lgan boshqa shartlar

4. Mazkur litsenziyaga muvofiq Zargar koni Kvarseviy uchastkasida qazib olingan foydali qazilma “Uz-Shindong Silikon” MCHJ QKning mulki hisoblanadi, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan boshqa ko‘rinish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.

5. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga oid mazkur shartlarning butunlay yoki qisman bajarilishi imkoni bo‘lmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlangan fors-mojor vaziyatlar yuzaga kelganda, ular to‘g’risida O‘zDavgeolqo`mini o‘z vaqtida xabardor qilgan va yetkaziladigan zararni oldini olishga oid choralar ko‘rgan holatda “Uz-Shindong Silikon” MCHJ QK javobgarlikdan ozod qilinadi.

6. “Uz-Shindong Silikon” MCHJ QK qayta tashkil qilingan yoki nomi o‘zgartirilgan holda belgilangan tartibda ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng o‘n kun muddatda korxona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komissiyasiga mazkur litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g’risida ariza topshiradi .

7. “Uz-Shindong Silikon” MCHJ QK tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yer osti boyliklari, tabiat muhofazasi, suv va suvdan foydalanish to‘g’risidagi qonunlariga, yer qa’ridan foydalanish va muhofazalash sohasidagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilinmagan hollarda Zargar koni Kvarseviy uchastkasida yertomirli kvars qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi cheklanishi, to‘xtatilishi yoki muddatidan oldin belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.

8. “Uz-Shindong Silikon” MCHJ tomonidan Zargar koni Kvarseviy uchastkasida yertomirli kvars qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlariga rioya etilishi yuzasidan Davlat nazorati qonun bilan belgilangan tartibda joylardagi hukumat organlari, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

9. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga oid mazkur shartlar bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun “Uz-Shindong Silikon” MCHJ O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javob beradi.

10. Zargar koni Kvarseviy uchastkasida yertomirli kvars qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanishga oid mazkur shartlar bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nushada tuzilgan bo‘lib, biri O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida, ikkinchisi “Uz-Shindong Silikon” MCHJda saqlanadi, va u yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Geologiya va
mineral resurslar davlat qo’mitasi raisi

“Uz-Shindong Silikon” MCHJ

Bosh direktori

____________________I.B.To’ramuratov

____________________Kim Yong Vuk

‘_______’ _________________2017 y

‘_______’ _______________2017 y

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот маркази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech