Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

"Chotqol" DUK RM

Direktor Isomiddinov Baxriddin
Manzil: 110700 Toshkent viloyati, G’azalkent 2, Ibn Sino k.
Telefon: 8-370 74-27-263
Qabulxona telefoni: 8-370 74-21-115
Faks: 8-370-74-27-263
e-mail: cnotqol-rm@umail.uz
Vazifalar va funktsiyalar
Sanatoriya kardionevrologik, yurak qon-tomir kasalliklari, oshqozon-ichak kasalliklarini davolaydigan maxsus muassasa hisoblanadi. Davolash jarayonlari  shifobaxsh ovqatlar, mineral suvlar, shifobaxsh badantarbiya, fizioterapiya bilan tabiiy-iqlimga mos tarzda olib boriladi.
Ko'rish batafsil

"Davlat geologiya axborot markazi" Davlat korxonasi

Direktor Varisov A'loxon Abbosovich
Manzil: Toshkent sh., 100060, Taras Shevchenko ko’chasi, 11 a. Telefon: 998 (71) 256-09-31 yoki (0-371) 256-09-31 Faks: 998 (71) 256-07-86 yoki (0-371) 256-07-86 e-mail: gicenter@uzgeolcom.uz
Vazifalar va funktsiyalar

- yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarning davlat fondini yuritish;
- yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganishga oid ishlarni davlat hisobiga olish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- konlar, foydali qazilmalar namoyon bo‘lgan joylar va texnogen hosilalarning davlat kadastrini yuritish;
- mineral xomashyoning barcha turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilma zahiralarining davlat balansini yuritish va nashr etish;
- konlarning va foydali qazilmalar konlari aniqlanishiga istiqbolli bo‘lgan yer uchastkalarining davlat reyestrini yuritish;
- foydali qazilma konlari va bashorat qilingan resurslar zahiralarini geologik-iqtisodiy baholash;
- mineral-xomashyo negizining ahvoli va uni rivojlantirish istiqbollarini baholash;
- litsenziyalarni rasmiylashtirish uchun TIA, YTIH bo`yicha yakuniy xulosani topshirish;
- tarmoqqa ma’lumot-axborotga oid xizmatlar ko‘rsatish;
- Davgeolqo‘mning me’yoriy-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash va unda ishtirok etish;
- Ilmiy-izlanish ishlarini bajarish.

Ko'rish batafsil

"GEOLOGIYA - MARKSHEYDERLIK XIZMATI " DK

V.b. Direktor Sharipov Furqat Hasanovich

Toshkent sh. Shayhontohur tumani, Navoiy k. 7a
Tel: 241 03 39
Faks: 241 03 39

Е-mail:

Qabulxona manzili:


Vazifalar va funktsiyalar

foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonalarni loyihalash, qurish, rekostruksiya qilish va ekspluatatsiya qilishda marksheyderlik ishlarini o’z vaqtida amalga oshirish;

foydali qazilmalar konlaridan yanada to’liq va kompleks ravishda foydalanishni hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilinishini ta’minlash.

Ko'rish batafsil

"H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti " Davlat Korxonasi

Direktor Isoqov Maqsud Uzoqovich

100041, Toshkent shahri, 49 Olimlar ko'cha.

Tel: 262-65-16

Faks: 262-63-81

E-mail: ingeo@ingeo.uz

Manzil qabul qiluvchi (E-XAT): ingeo@exat.uz
Vazifalar va funktsiyalar

Er qobig‘i geologik tuzilishi va tarkibining chuqur fundamental tadqiqotlarini olib borish, respublika hududining teran yer qaʻri tuzilishini kompleks o‘rganish va shu asosda uch o‘lchovli geologik-geofizik modellarni tuzish;

Geologik tadqiqotlar olib borish dasturlarining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqish, hududlarning resurs salohiyatini baholash hamda geokimyoviy, geofizik va mineralogik tadqiqotlarning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, geologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, shuningdek foydali qazilmalarni qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalarni tadbiq qilish;

Foydali qazilma konlarini geologik tahlil etish, prognoz qilish va izlash usullarini takomillashtirishga, geologik va geofizik tadqiqotlar sohasida ilg‘or xorijiy texnologiyalarni aprobatsiya qilish va amaliyotda joriy etishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar va eksperimentlarni tizimli ravishda amalga oshirish;

Geologiya va geofizika sohasida chet el ilmiy muassasalari va markazlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy konferentsiyalar, seminarlar, qo‘shma tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning malaka oshirishi va o‘qishini tashkil qilish;

Geologiya va turdosh tarmoqlar sohasida xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy taʻlim muassasalari o‘qituvchilari hamda mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etish.

Ko'rish batafsil

"Kitob davlat geologik qo’riqxonasi" Davlat Korxonasi

Direktor Rahmonov O’tkir Jalilovich
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz sh, Ipak-yo’li ko’chasi 9.
Tel: (8375) 522 51 84
Faks: (8375) 522 88 21
Е-mail: ( kitob_dgq@mail.ru).
Vazifalar va funktsiyalar
  • geologik va tabiiy-ilmiy qidiruv ishlarini olib borish;
  • qo’riqlanayotgan barcha tabiat majmualarini tabiiy holda saqlash;
  • qo’riqxona hududida joylashgan fan va amaliyot uchun muhim bo’lgan geologiya, stratigrafiya, litologiya, paleontologiya, paleografiya va ekologiya obyektlarini ro’yxatga olish;
  • ekotizim tahliliga asosan qo’riqxona va unga tegishli hududlarda joylashgan qazib olinadigan faunalar va stratigrafiyani yalpi o’rganish, sendametatsion jarayonlar rivojining qonuniyligini aniqlash, O’zbekiston g’arbiy tumanlarida istiqbolli uglevodorod ombori bo’lgan rifli majmua hududlarida keng rivojlanganligi munosabati bilan devon paleobasseynining stratigrafiya yirik modelini qayta ishlash;
  • Muzey fondini yaratish va ilmiy va o’quv to’plami sifatida tadbiq qilish maqsadida barcha guruhlar bo’yicha qazib olinadigan faunalarning etalon to’plamini yig’ish va tashkil qilish;
  • etalon kesimlar va faunalarni o’rganish, shu jumladan Janubiy Tyan-Shanning barcha paleozoy kesimini ro’yxatga olish va tizimlash markazi va shular asosida buyurtmachilar tizimini yaratishga asoslanib qo’riqxonani muhim ilmiy poligan va paleozoy stratigrafiyaning turli muammolirini hal qiluvchi bazaga aylantirish.
Ko'rish batafsil

"Kon - geologiya faoliyatini nazorat qilish Inspeksiyasi

Inspeksiya rahbari Zaripov Omonulla Fatxullayevich
Ko'rish batafsil

"Toshkentgeologiya"DK

Mirhayotov Mirzohid Mirqosimovich
Vazifalar va funktsiyalar
Chotqol-Qurama tog'larida mufassal geologiya-qidiruv ishlarini olib borish.
Ko'rish batafsil

"Urankamyobmetgeologiya" DK

Direktor Shigirbayev Rohat Sibanbayevich
Manzil: Toshkent sh., Navoiy k. 7a
Tel: 241 26 51
Faks: 241 97 74
Е-mail: kompleksuz@bcc.com.uz
Qabulxona manzili: kompleksuz3@exat.uz
Vazifalar va funktsiyalar
Respublikaning barcha hududlarida uran, kamyob metallar va kamyob yer elementlariga geologiya-qidiruv ishlarini olib borish.
Ko'rish batafsil

“GEOBURTEXNIKA” DUK

Direktor Ismailov Hasan Usmonovich
Manzil: 100057, Toshkent  sh, Usta Shirin ko’chasi  104
Tel: (+99871 ) 226-73-84
Faks: (+ 99871 ) 226-56-44
E-mail: geoburtex@mail.ru
Vazifalar va funktsiyalar
geologiya qidiruv uskunalari va ularga ehtiyot qismlar, burg’ulash asboblari, standart bo’lmagan uskunalar, boshqa qurilish temir buyumlari, xalq ehtiyojidagi mollar ishlab chiqarish, alohida turdagi uskunalarni ta’mirlash ishlari, xalqqa xizmat ko’rsatish.
Ko'rish batafsil

“Geoltexta’minot” DK

V.B.Direktor Kogay Stanislav Olegovich
Manzil: 100060 Toshkent sh. T. Shevchenko.ko`ch.,11 Yuridik manzil: Toshkent sh., Shiroq ko`ch., 110 Telefon: +(99871) 256-10-68, 256-10-69, 256-10-71 Faks: +(99871) 256-10-67 Е-mail: info@ugts.uz
www.ugts.uz

Vazifalar va funktsiyalar
Davgeolqo`m tashkilotlari, korxonalarini jihozlar, material-texnika va yoqilg`i-energetika manbalari bilan markazlashtirib ta`minlash.
Ko'rish batafsil

“Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat korxonasi

Raxbar Abdullayev Botirjon Dadajonovich
Manzil: Toshkent sh., M.Ulug’bek tumani, Olimlar ko’chasi 64 A
Tel: (+998 71) 262-47-63
Faks: (+998 71) 262-62-15
E-mail: hydrouz@olam.uz

www.hydroengeo.uz

Vazifalar va funktsiyalar
  • Ilmiy-tekshirish, geoekologik, tematik, nashriyot ishlari va respublikaning gidromineral imkoniyatlarini baholash uchun laboratoriya-texnoligik tekshiruv ishlari, izlash ishlarini o’rnatish uchun resurslarning prognoz bahosi bilan yer osti suvlari tarqalishining istiqbolli maydonlarini ajratish;
  • Ishlab chiqish va joriy qilish;
  • serunum texnogenez maydonlarida xaritalash va geologik-ekologik izlanish ishlarini olib borish usullari;
  • Yer osti suvlari konlarini qidirish, baholashning zamonaviy usullarning ratsional majmuasi;
  • Yer osti suvlarini qidirish texnologiya va yangi texnik vositalar;
  • toza yer osti suvlari zaxiralarini sun’iy to’ldirish va ifloslanishdan saqlash texnologiyalari;
  • gidromineral hom ashyolarni qayta ishlash texnologiyasi va ulardan foydalanish.
  • davlat kadastrlarini (FIS, GVK, OGP, OPT) va yer osti suvlarining davlat ro’yxatini olib borish.
Ko'rish batafsil

“Markaziy geologiya va geofizika ekspeditsiyasi” DK

Direktor Golovko Aleksandra Vasilyevna
Manzil: 140103, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand sh., Gagarin ko’chasi, 148
Tel: +9 (98-366) 234-50-11
Faks: +9 (98-366) 234-28-91
E-mail: golovkouz@yandex.ru

geo.uz

Vazifalar va funktsiyalar
“Markaziy geologiya va geofizika ekspeditsiyasi” DK o’rnatilgan tartibda geologiya, yer usti va skvajinalar bo’yicha geofizika, tog’, burg’ilash, topografiya-geodeziya, xaritalash, laboratoriya, texnologiya ishlari, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi mineral resurslar bazasini kengaytiradigan va yer qa’ri boyliklarini geologik o’rganishga ko’maklashadigan geologiya-geofizika xulosa ishlarini amalga oshiradi.
2014 yilda temir, nikel, volfram, oltin, kvarts xom-ashyosi va boshqa foydali qazilma boyliklari uchun ixtisoslashtirilgan izlash ishlari, geofizik tekshirish ishlari, chuqur geologik xaritalash ishlari, stratimorf cho’kish konlarida tajriba-uslubiy ishlar, geofizika va geokimyo tasvirlash natijalarini umumlashtirish va qayta talqin qilish ishlari amalga oshiriladi.
Ko'rish batafsil

“Mineral resurslar instituti” Davlat Korxonasi

Direktor Alimov Shamsiddin Paxritdinovich
Manzil:Toshkent sh, 100060, Taras Shevchenko ko`ch, 11а uy
Tel.: (+99871) 256-13-49, 256-34-09 yoki (0-371) 256-13-49, 256-34-09
Faks: (+99871) 140-08-12 yoki (0-371) 140-08-12
E-mail: gpniimr@evo.uz
gpniimr@exat.uz
www. gpniimr.uz

Vazifalar va funktsiyalar
Yer qa'rini geologik o'rganish sohasida amaliy ilmiy-tadqiqot, malakaviy-konstruktorlik, laboratoriya va texnologik izlanishlarni, shuningdek geologiya-qidiruv ishlarini ilmiy-uslubiy yo'l bilan rivojlantirish
Ko'rish batafsil

«Geologiya muzeyi» Davlat Korxonasi

Direktor Axmedshayev Axmadjon Shoyakubovich
Manzil: Toshkent, 100060 Mirobod tumani, T.Shevchenko ko’chasi 11a.
Tel: 256-11-92
Faks: 256-11-72
Е-mail: muzeygeologii@evo.uz muzeygeologii@yandex.ru
muzeygeologii@exat.uz
Vazifalar va funktsiyalar
  • ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo’lgan davlat geologik muzey fondining tosh namunalari, jinslari, rudalar, rangli tosh hom ashyolari, nodir mineral maxsulotlat, suv namunalari, neft, paleontoligik va boshqa noyob va nodir geologik materiallar, shu jumladan tabiiy va sun’iy maxsulotlarni ochiq havoda saqlash va ko’paytirish;
  • ilmiy, muzey-ma’rifatparvarlik faoliyati, pullik va bepul ekskursiyalar tashkil qilish;
  • aholi orasida geologik bilimlarni tadbiq qilish, respublikaning mineral-hom ashyo bazasini va uning yer osti qazilma boyliklarining rivojlanish imkoniyatlarini ko’paytirish zarurati;
  • maktab o’quvchilari va talabalarning geologiyaga bo’lgan qiziqishini oshirish va “Yosh geolog” olimpiadalarini o’tkazish;
  • muzey ishlarini olib borish va ilmiy-izlanish ishlari bo’yicha hamkorlik.
Ko'rish batafsil

«Geologiya sohasi kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» Davlat korxonasi

Direktor Nurxodjayev Anvarbek Koraxodjayevich

700000, Toshkent viloyati. Uchtepa tumani, TXAY, 5.

Tel: (95) 503-35-78

Faks:

E-mail: spk-28@umail.uz

Manzil qabulxona qiluvchi (E-XAT): spk@exat.uz


Vazifalar va funktsiyalar

«XMOI» DK faoliyatining maqsad va vazifalari geologiya va turdosh tarmoqlar ehtiyojlari uchun geologiya, muxandis-texnik va ishlab chiqarish mavzusi bo‘yicha tinglovchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishdan iborat.

«XMOI» DK faoliyatining maqsadi geologiya tarmog‘i xodimlarining geologiya - qidiruv ishlarini tashkil etishning samarali shakllari va usulllari, geologiya - qidiruv ishlarini olib borish texnikasi va uslubiyoti xamda geologiya soxasida eng yangi fan-texnika yutuqlarini qo‘llagan xolda mamlakatimizdagi va xorijdagi ilg‘or geologiya amaliyoti soxasida kasbga oid bilimlarni egallash yo‘lida geologiya tarmog‘i xodimlarini (keyingi o‘rinlarda - tinglovchilar) malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan iborat.

Ko'rish batafsil

«Hisorgeologiya» DK

Direktor Raimqulov Eshquvat Tashpulatovich
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz sh, Ipak yo’li 9.
Tel: (8-375) 522-55-88
Faks: (8-375) 522-50-00
E-mail: kesh-gtie@mail.ru
Vazifalar va funktsiyalar
    Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida mufassal geologiya-qidiruv ishlarini olib borish
      Ko'rish batafsil

      «Markaziy laboratoriya» Davlat Korxonasi

      Direktor Mixaylov Sergey Vladimirovich
      Manzil: 100041, Toshkent sh., Olimlar ko’chasi 64 A
      Tel: +99871 269-03-44
      Faks: +99871 269-03-86
      E-mail: clgg@albatros.uz, centrlabgkg@platinum.uz,hsabirov@platinum.uz
      www.centrallab.uz

      Vazifalar va funktsiyalar
      Tog jinslarnini, rudalarni, minerallarni, tabiiy suvlarni tekshirish.

      O’lchashni amalga oshirish usullarini ishlab chiqish;

      Og’ir metallarning suvli qorishmalari va texnologik qayta ishlangan maxsulotlar, rudalar, tog’ jinslarining standart tarkibini ishlab chiqish;

      Tahliliy ishlarning amalga oshish tartibini reglament qiladigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

      Kislotali va ishqorli elektrolitlarni ishlab chiqarish.

      Tahlil qilishning asosiy usullari: spektral, namunaviy, kimyoviy, neytron-aktivli, mass-spektrlalli, mineralogik va tog’ jinslarini tahlilga tayyorlashning barcha turlari.

      2008 yil “Markaziy laboratoriya” DK “Uzstandart” agentligi tomonidan texnik omildor qilib tayinlangan –xalqaro ISO 17025 standartiga javob berish asosida quyidagi ishlarni olib boradi:

      mineral hom ashyo, ularning qayta ishlangan maxsulotlarining tarkibini aniqlash;

      o’lchash ishlarini bajarish usullarini attestatsiya qilish;

      mineral hom ashyo, jinslar va ularning qayta ishlangan maxsulotlarining tarkibi, ion qorishmalarning tarkibining davlat standartlari bo’yicha namunalar tayyorlash.
      Ko'rish batafsil

      «O'zbekgidrogeologiya» DK

      Direktor Azizov Ulug'bek Axmetovich
      Manzil: 100041, Toshkent sh., Olimlar ko’chasi 64
      Tel:       (+99871) 262-06-46
      Faks:    (+99871) 262-43-78
      e-mail: ggpuz@mail.ru
      Vazifalar va funktsiyalar
      Respublikaning barcha hududlarida yer osti suvlari zaxiralarini ko'paytirish va ularni monitoringini ta'minlash hamda gidrogeologik va geoekologik ishlarni olib borish.
      Ko'rish batafsil

      So’rov

      Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

         Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

          Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот маркази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

      Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech