Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini bajarilishi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasida quyidagi chora tadbirlar amalga oshirilmoqda:

O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi O`zbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish doirasida Davlat boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun tabiiy resurslarni baholash va xisobga olish bo’yicha interaktiv xizmatlarni ko’rsatish uchun idoralararo axborot tizimi kompleksi loyihasini yaratish bo`yicha ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-sonli "Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushadigan murojaatlarni o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqish yo'lga qo'yilgan.

Shuningdek, barcha davlat organlari kabi O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi rahbariyati Yagona portal orqali rahbariyat qabuli to'g'risida kelib tushgan murojaatlar asosida ham fuqarolarni qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi xodimlari o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilib tegishli tarzda "KSBT" hamda "KSBT Plus" sertifikatlariga ega bo'lishlariga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli "O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasining rasmiy veb-saytini qonunchilik talablariga moslash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasining rasmiy veb sayti orqali xozirgi kunda tadbirkotlarga quyidagi interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatilib kelinmoqda:

1. O'zbekiston Respublikasida yer osti boyliklari mavjud hududlardan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani olish bo’yicha ommaviy savdoda qatnashishga zarur bo’lgan malakaviy tanlovdan o’tish uchun murojaat etuvchilarga malakaviy talablar haqida axborot taqdim etish.

2. O'zbekiston Respublikasida yer osti boyliklari mavjud hududlardan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani olish bo’yicha ommaviy savdoda qatnashish uchun asosiy va qo'shimcha tanlov mezonlari haqida axborotga ega bo’lish.

3. Malakaviy tanlovdan o’tgan va ommaviy savdoda qatnashishga ruxsat berilgan murojaat etuvchilar ro’yxatini olish.

4. Ommaviy tanlovga qo'yilayotgan yer osti boyliklari hududlari ro'yxatlari haqida ma`lumot olish.

5. O’zbekiston Respublikasida tarkibida noruda foydali qazilmalariga ega yer osti boyliklari mavjud hududlardan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani olish bo’yicha ommaviy savdoda qatnashish uchun zarur hujjatlar ro’yhati haqida ma'lumot olish.

6. O’zbekiston Respublikasida yer osti boyliklari mavjud hududlardan foydalanish shartlari haqida axborot olish.

7. “Davgeolaxborotmarkazi” DK qoshidagi Davlat geologiya fondidan materiallarni olish uchun arizalarning elektron blankalarini taqdim qilish.

8. Geologik hisobotga axborot kartalarining elektron blankalarini taqdim qilish.

9. “Farmoyish - Davgeolaxborotmarkazi” DK qoshidagi Davlat geologiya fondidan hujjatlarni olish uchun arizalar” ning elektron blankalarini taqdim etish.

10. “5-sonli gr. shaklining statistik hisoboti” (qattiq foydali qazilmalar) elektron blankasini taqdim etish.


So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?

   Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси расмий веб-сайти орқали тақдим қилинаётган интерактив давлат хизматлари сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?

    Сиз Ўзбекистон Республикаси Давлат геология ва минерал ресурслар қўмитаси матбуот маркази томонидан тақдим қилинаётган ташкилот фаолияти тўғрисида маълумотлар сифати ва тўлиқлигидан қониқяпсизми?.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech